Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Forum: muhim hamkorlik asosi
11:52 / 2021-11-27

Poytaxtimizda o‘tkazilgan II Xalqaro moliya-bank forumi doirasida muzokara va muhokamalar natijasida mahalliy va xorijiy banklar, moliya institutlari o‘rtasida bir qator shartnoma va memorandumlar imzolandi.

Jumladan, “O‘zmilliybank” AJ va VTB Bank (RF) o‘rtasida 50 million dollarlik kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Shuningdek, forum doirasida, ATB “Qishloq qurilish bank” va Credit Suisse AG (Shveysariya) o‘rtasida 125 million AQSH dollari miqdoridagi sindikatlashtirilgan kreditni tashkil etish mandati, ATB “Qishloq qurilish bank” va “Mashreqbank” (BAA) o‘rtasida 75 million dollar miqdorida Yaqin Sharq banklari o‘rtasida sindikatlangan kreditni tashkil etish doirasidagi hamkorlik memorandumi, "O‘zsanoatqurilishbank" ATB va "Rosselxozbank" OAJ (RF) o‘rtasida 20 million AQSH dollar miqdoridagi qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha bosh kelishuv imzolandi.  

“O‘zsanoatqurilishbank” ATB va “Sberbank” OAJ (RF) o‘rtasida 10 million dollar miqdorida moliyalashtirishni ta’minlash bo‘yicha bosh kelishuv,“Agrobank” va “Mashreqbank” (BAA) o‘rtasida umumiy qiymati 75 million dollar bo‘lgan Yaqin Sharqdagi banklar o‘rtasida sindikatlangan kreditni tashkil etish doirasidagi hamkorlik, “Agrobank” va “Transkapitalbank” o‘rtasida 22 million yevro (25 million dollar) miqdoridagi hamkorlik shartnomasi, “Mikrokreditbank” ATB va “TransKapitalBank” OAJ (RF) o‘rtasida umumiy qiymati 30 million yevro (34 million dollar) bo‘lgan agrosanoat va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari mahsulotlari eksportini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hamkorlikka erishildi.

“Turonbank” ATB va “VEB.RF” (RF) o‘rtasida 63,8 million yevro (72 million dollar) miqdoridagi individual kredit shartnomasi, “Turonbank” ATB va “TransKapitalBank” OAJ (RF)o‘rtasida 10 million AQSH dollari miqdoridagi “Valyuta va pul bozorlarida kredit liniyasini ko‘paytirish bo‘yicha bitimlar tuzishning umumiy shartlari to‘g‘risida”gi Bosh kelishuv, "Uzbek Leasing International A.O." va "Blend Financial Services Ltd." (Hindiston) o‘rtasida 50 million dollar miqdorida amalga oshishi mumkin bo‘lgan moliyalashtirish bo‘yicha, “Toshkent” RFB AJ va “Moskva birjasi” OAJ (RF) o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Jami hisoblaganda ushbu forum doirasida umumiy qiymati 567,2 million AQSH dollariga teng 28 ta bitim imzolandi.

B2B formatidagi forum davomida mahalliy va xorijiy banklar, moliya institutlari o‘rtasida xalqaro moliya sektorini rivojlantirishning keyingi istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Forum “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ, MDH Moliya-bank kengashi, “SAIPRO GROUP” MCHJ, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirliklari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko‘magida tashkil etildi.

B.Meliqulova, O.G‘ulomov (surat), O‘zA