French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Forum ishtirokchilari JIB M.Ulug‘bek tuman sudi faoliyati bilan tanishishdi
16:14 / 2021-11-26

24-25 noyabr kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyoda jinoiy sudlov bo‘yicha VIII Ekspert forumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot xizmati xabar qildi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi tomonidan 2008 yildan buyon tashkil etilib, ko‘p yillik an’anaga aylangan mazkur forum jinoyat ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirish va sud huquq sohasidagi islohatlarni professional muhokama qilish uchun mubolag‘asiz noyob “mintaqaviy platformaga” aylangan bo‘lib, uning doirasida Markaziy Osiyo hududidagi davlatlarning milliy qonunchiligini xalqaro va Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining tegishli majburiyatlariga uyg‘unlashtirish borasida keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Ikki kun davom etgan VIII Ekspert forumda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktorining birinchi o‘rinbosari Katerina Ryabiko, Oliy sud raisi Kozimjon Komilov, Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Narimon Umarov, BMT Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Odil sudlov bo‘yicha seksiya rahbari Valeri Lebo, YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalar koordinatori Per fon Arks va BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Richard Komenda, shuningdek sudyalar, ichki ishlar va prokuratura organlari vakillari, advokatlar, huqushunoslar (O‘zbekiston, Tojikiston, Mongoliya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston) hamda YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi xalqaro ekspertlari ishtirok etishdi.

Ikki kun davom etadigan forumda ishtirokchilar 4 ta yalpi majlis:

1-yalpi majlis – “Dastlabki tergov”: 1-ishchi guruh - “Tegishli protsedura va insonning xavfsizlikka bo‘lgan huquqi” va 2-ishchi guruh – “Samarali tergovlar”;

2-yalpi majlis – “Adolatli sud muhokamasi”: 3-ishchi guruh – “Huquqiy kasblar mustaqilligi” va 4-ishchi guruh – “Sud tizimi”;

3-yalpi majlis – “Jinoiy sudlov tizimlarida institutsional masalalar”: 5-ishchi guruh – “Ozodlikdan mahrum qilishga bo‘lgan muqobil choralar” va 6-ishchi guruh – “Ozodlikdan mahrum qilish joylarida inson huquqlari”;

4-yalpi majlis – “Penitensiar islohot” masalalarini muhokama qilib, ular yuzasidan fikr va tajriba almashishdi.

Parallel tadbirlar davomida forum qatnashchilari sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulotda vaziyatlar sharoitlarida adolatli sud muhokamasiga bo‘lgan huquq; ayollar va odil sudlov; sud jarayonlari monitoringi: chiqarilgan saboqlar va ilg‘or amaliyotga oid masalalarni ham muhokama qilindi.

Forumga tashrif buyurgan 55 nafar xalqaro ekspertlar bugun, 26 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Mehmonlarga tuman sudi misolida mamlakatimiz sud-huquq tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi qonunchilik asoslarini mustahkamlash, sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish, sudlar faoliyatida shaffoflik va ochiqlikni ta’minlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar xususida batafsil ma’lumot berildi. Xalqaro ekspertlar birinchi instansiya sudi faoliyati, jumladan elektron sudlov tizimi bilan tanishish davomida tuman sudida ko‘rilayotgan jinoyat ishlar va ma’muriy ishlarni sayyor sud orqali ko‘rilishi, onlayn qabul o‘tkazish kabi qator imkoniyatlarga guvoh bo‘lishdi. Mehmonlarni qiziqtirgan savollarga sudyalar tomonidan tushuntirishlar berildi.

O‘zA