Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Forum ishtirokchilari COVID-19ga qarshi vaksina olganmi?
16:49 / 2021-06-30

Botanika bog‘ida Yoshlar forumi doirasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq xo‘jaligi va Suv xo‘jaligi vazirliklari hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi hamkorligida tashkil etilgan "Yashil tashabbus" loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar agentligi direktori Alisher Sa’dullayev ham ishtirok etdi.

– Intellektual bilimga ega o‘zbekistonlik yoshlarning bitta maydonda yig‘ilganligini ko‘rmaganman, – deydi Alisher Sa’dullayev. – Prezident maktabini bitirayotgan o‘quvchilar, shu yili oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan salohiyatli talabalar, bu yerga kelganlarning hammasi (18 yoshga qadar bo‘lgan yoshlar koronavirusga qarshi emlanishi mumkin bo‘lmasada) koronavirusga qarshi emlangan. 

Prezidentimiz Yangi O‘zbekistonni yoshlarning bilimi ustiga qurishni maqsad qilgan. Forumda o‘yin-kulgu emas, olimlar bilan uchrashuvlar, intellektual o‘yinlar, viktorinalar tashkil qilinadi, xorijiy tillarni bilish darajasi aniqlanadi. 

Botanika bog‘i bugun ilm-fan, ma’rifat maydoniga aylantirildi. G‘oyamiz shundan iboratki, bilimli bolalar bir-biri bilan uchrashsin, muloqot qilsin. Shu kabi salohiyatli yoshlarni bir-biriga uchrashtirish o‘rtada sog‘lom raqobat paydo bo‘lishiga xizmat qiladi. 

Yuqorida ta’kidlaganimdek, bu yerga to‘plangan yoshlar vaksina olgan. Forumning tashkil qilinishi ancha oldin tasdiqlangan edi. Agar bugungi tadbir tashkil etilmasa, ular tushkunlikka tushishadi. Tadbir xavfsiz sharoitda tashkil qilinmoqda.  

Agentlik direktorining forumning xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib aytgan ishonchli javobidan so‘ng aksariyat yoshlar tadbirda niqobsiz harakatlanmoqda.  

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA