Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Forum ishida suv tanqisligi muammosi ko‘tarildi 
17:07 / 2024-05-02

Avval xabar berilganidek, III Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida o‘tkazilayotgan sessiya ishida mahalliy va xorijlik tashkilotlar vakillari o‘z sohalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida taqdimot qilmoqda.

Galdagi o‘tkazilgan sessiya ishi “Yangi muqobil, ilg‘or texnologik yechimlar. O‘zbekiston uchun suvni tejash texnologiyalaridan foydalanish” mavzuiga bag‘ishlandi. Unda ekspertlar mavzu doirasida o‘z yurtida olib borilayotgan islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida fikrlashdi. 

“O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi v.b Dilshod Azimov ushbu tadbir bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi: 

–Keyingi yillarda mamlakatimizda suv resurslaridan foydalanish tubdan isloh qilinmoqda. Bunda asosiy e’tibor suvdan oqilona va samarali foydalanishga qaratilmoqda. 

Ochig‘ini aytish kerak, suvni tejash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan. Biz bilib turibmiz, yildan yilga suv tanqisligi kuzatilmoqda. 

Sessiya ishida amerikalik mehmonimiz o‘z yurtida amalga oshirilgan ishlar haqida gapirib berdi. Uning ta’kidlashicha, bu bo‘yicha olib borilgan ishlar Amerika va rivojlangan davlatlarda juda katta natija bergan. 

Ya’ni, insonning suv resurslariga bo‘lgan munosabatini yoshlik chog‘idan boshlash kerak. Uning bolaligidanoq, bu ne’matni tejab, avaylab ishlatish haqida tarbiya va ko‘nikma berib borish kerak. 

Ikkinchi masala shuki, hozirgi davrda “yashil” energetikani rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. Bunda elektr energiyasi va suvni tejashda ushbu sohalarga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilishni jadallashtirish maqsadga muvofiq. 

Yurtimizda mana shu ikkita katta masalaga urg‘u berib, zamonaviy texnologiyalarni keng ko‘lamda qo‘llaydigan bo‘lsak, suvdan oqilona foydalanish va uning natijasida kelajakda suvning tanqisligi bilan bog‘liq bir qancha masalalarning yechimini topishga erishgan bo‘lamiz. 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA