Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Forum hamkorlik, taraqqiyot va istiqbolga yo‘l ochadi
19:10 / 2022-10-24

Rivojlangan davlatlarning aksariyati tarixiga va buguniga, iqtisodiy ko‘rsatkichlariga qaraydigan bo‘lsangiz, ularning ta’lim tizimiga e’tibori yuqori darajada bo‘lganining guvohi bo‘lasiz. Davlat byudjetining eng katta qismini aynan shu tizimga ajratishgani ma’lum. Busiz ilm-fan rivojini, taraqqiyot tamoyillarini, kelajak ruhi va poydevorini, yurt farovonligini tasavvur qilish qiyin.

Chunki ilmu ta’lim rivoj topmagan mamlakatda taraqqiyot bo‘lmasligi aksioma. Shubhasizki, taraqqiyotning muhim tamoyili, bu – o‘zaro manfaatga qurilgan hamkorlik rishtasi bilan bevosita bog‘liq. Ilg‘or ta’lim muassasalarining tajribasidan samarali foydalanish, ta’lim jarayonlarini integratsiyalash hamda yetakchi ta’lim muassasalarining yutuqlarini joriy etish va ommalashtirish maqsadga muvofiqdir.

Bu borada O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalari kengayib borayotgani va erishilayotgan yutuqlar buning yaqqol kafolatidir. Bunga birgina 2021 yilning o‘zida Rossiyaning 4 ta nufuzli oliy ta’lim muassasasi filialining ochilishi ikki davlatning mazkur sohadagi samarali hamkorligining yorqin namunasi deyish mumkin.

bugungi kunga qadar O‘zbekistonda Rossiyaning 15 ta yetakchi oliy o‘quv yurtlarining filiallari tashkil etilgan bo‘lib ulardan 12 tasi ochilgani, ularda jami 6 mingdan ortiq talaba tahsil olayotgani yuqoridagi fikrimizning isbotidir. Shuningdek, ularda 267 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritayotgani, ta’lim jarayoni 47 ta ta’lim yo‘nalishida olib borilayotgani e’tiborga molik.

Ayniqsa, ushbu hamkorlikning bardavomligi sifatida 26 - 27 oktyabr kunlari Samarqand shahrida O‘zbekiston-Rossiya 3-ta’lim forumini o‘tkazilayotgani, unda Rossiyadan 100 dan ortiq OTM rahbarlari ishtirok etishi hamda forum yakunida yuzga yaqin hamkorlik shartnomalarining imzolanishi nazarda tutilayotgani quvonarlidir. 2018 yildan buyon an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi – ikki davlat ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini har tomonlama kengaytirish va yangi bosqichga olib chiqishda, tajriba almashishda samarali platformaga aylandi desak, xato bo‘lmaydi.

Forum doirasida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining Rossiya ishlab chiqarish sektorlari o‘rtasida integratsiyani yo‘lga qo‘yish, muhandislik-texnologiyasi, energetika, kimyo sanoati sohalarida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish kengaytiriladi. Forum yakunida 100 ga yaqin hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti jamoasi ham Rossiya federatsiyasidagi bir nechta oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik qilib keladi. Yaqindagina tashkil etilgan hamkorlik misolida ba’zi mulohazalarni bildirish mumkin.

Shu oyning boshlarida Rossiya «Oliy iqtisodiyot maktabi» milliy tadqiqot universitetining bir guruh mutaxassislaridan tarkib topgan delegatsiya universitetimizga tashrif buyurishdi. Ularni universitet rektori, texnika fanlari doktori, professor Mirzayev Bahodir Suyunovich o‘z prorektorlari va bo‘lim boshliqlari bilan kutib oldi hamda muzokara o‘tkazdi.

Mehmonlar tarkibi A.N.Tixonova nomidagi Moskva «Elektronika va matematika» instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Sergey Aksenov, xuddi shu institutning direktor maslahatchisi Inessa Aleskerova, filologiya bo‘yicha «Gumanitar fanlar» fakultetining aspirantlar maktabi direktori Anastasiya Virenkova, Sankt-Peterburgdagi NIU VSHE (OIM MTU) xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Mariya Kiseleva va boshqalardan iborat edi.

Rossiyalik mutaxassislar iqtidorli talabalarimizning Rossiya Davlat grantlari asosida o‘qishlari mumkinligini ta’kidlashdi. Bir necha kundan keyin tashkil etiladigan O‘zbekiston - Rossiya oliy ta’lim muassasalari rektorlarining Samarqand forumi ham aminmizki, hamkorlikning yangi istiqbollarini ochib berishi tayin.

Rahimboy JUMANIYOZOV,

«TIQXMMI» Milliy tadqiqot universiteti dotsenti