French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fors ko‘rfaziga raketa hujumi Dubayning xavfsizlik imijiga putur yetkazdi
02:24 / 2026-03-02

Yillar davomida Dubay beqaror Yaqin Sharqdagi eng xavfsiz boshpana hisoblanib, eronlik ishbilarmonlar, amerikalik mashhurlar va rossiyalik oligarxlarga hashamatli turmush tarzini taklif qilib kelgan.

O‘tgan hafta oxirida shu imijga jiddiy putur yetdi. AQSH va Isroil hujumiga javoban Eron Amerika harbiy bazalari joylashgan boy Ko‘rfaz davlatlariga yuzlab raketa va dron uchirdi. Mutaxassislar fikricha, xavfsizlik hissi Amirliklar uchun muhim boylikdir. 

Ushbu mamlakat yillar davomida barcha tomonlar bilan munosabat o‘rnatishga intilib, ehtiyotkor tashqi siyosat yuritgan. Xususan, Dubay Eron bilan yaqin iqtisodiy aloqalarni saqlab qolgan, biznes uchun esa xavfsiz manzil sifatidagi maqomini mudom mustahkamlashga intiladi. BAA Tehronning eng yirik savdo sheriklaridan biridir. “Afsuski, hozirgi keskinlashuv davrida Ko‘rfazning hech bir mamlakati mojaro oqibatidan qochib qutula olmadi”, deb yozdi “The Wall Street Journal”. 

S.Rahimov, O‘zA