French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fors ko‘rfazida dam olish fojeaga aylandi
10:45 / 2026-03-02

Fors ko‘rfazi mojaro o‘chog‘iga aylangan bir paytda minglab sayyohlar kema bortlarida qolib ketmoqda. Hormuz bo‘g‘ozi deyarli yopilgan, havo hududlari birin-ketin berkilmoqda, natijada na dengiz orqali, na havo yo‘li bilan chiqib ketish imkoni bor.

“Mein Schiff 4” nomi ostidagi suv layneri hozirda Abu-Dabi portida turibdi. Kuzatuvchilarning aytishicha, yakshanba kuni kemaga yaqin masofada raketa suvga tushgan, dengiz ustida qora tutun ko‘tarilgan. Bortda taxminan 2 500 yo‘lovchi va 1 000 nafar ekipaj a’zosi bor. Yaradorlar haqida aniq ma’lumot yo‘q, ammo vaziyat tarang ekani aytilmoqda. Yo‘lovchilar Dubay orqali Germaniyaga qaytishi kerak edi.

Shuningdek, “Mein Schiff 5” ham Dohada to‘xtab qolgan. Ayrim yo‘lovchilar samolyotga ulgurgan, biroq reyslar orqaga qaytarilgan. Ularning aytishicha, aeroportda taxminan 10 soat kutgandan so‘ng yana kemaga olib ketilgan, yuklari esa aeroportda qolgan.

Kemalarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan: ochiq palubaga chiqish taqiqlangan, barcha yo‘lovchilar ichkarida qolishi shart, iloji boricha oyna yoniga yaqinlashmaslik tavsiya etilgan. 

Faqat ikki kema emas — Dubay, Abu-Dabi va Dohada jami olti kruiz layner to‘xtab turibdi. Ular orasida “MSC Euribia”, “Celestyal Discovery”, “Celestyal Journey” va “Aroya” ham borligi aytiladi. Hozircha evakuatsiya qachon va qanday amalga oshirilishi noma’lum.

Musulmon Ziyo, O‘zA