Forishda yana bitta bogʻcha ish boshladi
Jizzax viloyati Forish tumanining Bogʻdon mahallasida davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo etilgan 150 oʻrinli “Xadichabonu” maktabgacha taʼlim muassasasi ish boshladi.
Jizzax viloyati Forish tumanining Bogʻdon mahallasida davlat-xususiy sherikchilik asosida barpo etilgan 150 oʻrinli “Xadichabonu” maktabgacha taʼlim muassasasi ish boshladi.
Pandemiya davri qiyinchiliklariga qaramay tumanda “Ilgʻor hudud” loyihasi doirasida bunyodkorlik ishlari davom etayotir. Tuman markazidagi Bogʻdon mahallasida davlat xususiy sherikchilik asosida bunyod etilgan ikki qavatli “Xadicha bonu” maktabgacha taʼlim muassasasi ham karantin davrida qurib bitkazilgan inshootlardan biri. Karantin talablarining yumshatilishi bilan foydalanishga topshirilgan bogʻcha 150 nafar kichkintoyni bagʻriga oldi.
Shu munosabat bilan hokimlik, mahalla, jamoatchilik vakillari, ota-onalar ishtirokida yangi muassasaning ochilishiga bagʻishlangan tantanali marosim boʻlib oʻtdi. Loyiha qiymati 4 milliard soʻm boʻlgan inshootni barpo etishda tadbirkor “Qishloqqurilishbank”ning 3 milliard soʻm kreditidan foydalandi.
Mazkur muassasa joriy yilda qurilib ishga tushirilgan maktabgacha taʼlim ishshshotlarining uchinchisi. Bundan avval tumanning Band, Uchquloch mahallalarida ham yangi bogʻchalar ochilgan edi.