Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Forish tumanida mahalla kuni nishonlandi
20:15 / 2022-03-22

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2020 yildan buyon mamlakatimizning barcha hududlarida, jumladan, Jizzax viloyatidagi qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlarida ham 22 mart – mahalla kuni sifatida keng nishonlanadi.

Forishdagi “Sulton” tantanalar majmuasida ham mahalla kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Mahalla – jamiyatning muhim tayanch bo‘g‘ini hisoblana. Keyingi yillarda qishloq va mahallalarimizni rivojlantirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda qishloq va mahalla fuqarolar yig‘inlari tizimiga oid 38 ta qonun va qonunosti hujjatlar qabul qilingan. 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlar takomillashtirildi.
Ayni paytda, Forish tumanida 25 ta mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyat yuritmoqda. Barcha mahallalarda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini to‘laqonli va samarali joriy etish, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda mahalla mutasaddilari oldida  juda katta vazifalar turibdi. Tadbirda joriy yil tumandagi 2 ta – “Qizilqum” hamda “Sayyod” MFYlarida “Obod qishloq” dasturi doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirilishi, bu hududlardagi maktab, qishloq vrachlik punkti, maktabgacha ta’lim tashkiloti, MFY binolari, ko‘cha va guzarlarda ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi alohida ta’kidlandi.
Tuman hokimi I.Matiyev  “Obod va xavfsiz mahalla” dasturi doirasida alohida o‘rnak ko‘rsatgan mahalla fuqarolar yig‘inlari raislariga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirdi. Tuman madaniyat markazi san’atkorlarining konsert dasturi tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

A.Qayumov, 
O‘zA