Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Forish tumani markazi – Bogʻdon shaharchasi yana-da koʻrkamlashmoqda
09:41 / 2020-07-04

Oʻtgan davrda shaharcha markaziy koʻchasida 5 kilometr masofada toʻrt qatorli yoʻl bunyod etildi.


Prezidentimiz 2019-yilning 30-31-yanvar kunlari Jizzax viloyatga tashrifi davomida Forish tumani vakillari bilan uchrashib, hududni obodonlashtirish, qishlogʻu shaharlarni qaytadan qurish, aholi farovonligini oshirish yuzasidan qator topshiriq va tavsiyalar bergan edi.

Ushbu tashrifdan soʻng tumanda tub oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Ilgʻor hudud” loyihasi amalga oshirilishi natijasida tumani markazi ham kun sayin obod va koʻrkam boʻlib, zamonaviy shaharchaga aylanib borayotir.

Oʻtgan davrda shaharcha markaziy koʻchasida 5 kilometr masofada toʻrt qatorli yoʻl bunyod etildi. Yoʻlning ikki tarafida piyodalar uchun yoʻlaklar qurildi.

Shaharcha markazidagi tor va noqulay boʻlib qolgan dehqon bozor boshqa hududga koʻchirib, uning yangi zamonaviy inshootlar barpo etildi. Yangi bozor, zamonaviy savdo rastalari va doʻkonlar, xizmat koʻrsatish korxonalari qad rostladi.

Yaqinda “Bogʻdon” koʻchasida “Alibobo” savdo majmuasi qurib bitkazilishi bilan shaharcha yana chiroy ochdi. Majmuada zamon talablariga mos ravishda xizmat koʻrsatadigan supermarket, oshxona, dorixona, maishiy texnika vositalari bilan savdo qiluvchi doʻkon va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari joylashgan.

Bu yerga kelganlar savdo majmuasi hovlisiga oʻrnatilgan har xil rangda tovlanuvchi favvoradan zavq olib, uning atrofida bir zum hordiq chiqarishlari mumkin.

Shaharchani qayta qurish va obodonlashtirish, arxitektura qiyofasini oʻzgartirish, aholi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilgan ishlar odamlar koʻnglida mamnunlik uygʻotmoqda.

– Tumanimiz koʻp yillar davomida eʼtibordan chetda qolgan hududlardan biri boʻlib kelgan edi, – deydi mehnat faxriysi Xolmat Mamatov. – Davlatimiz eʼtibori bilan yurtimizning barcha hududlarida olib borilayotgan bunyodkorliklar qishlogʻu shaharlarimizni obod, odamlarni hayotdan rozi qilmoqda. Chunki bu ishlarning samarasidan avvalo oʻzimiz bahramand boʻlyapmiz.