Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Forish" tog‘ poligonida havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari mutaxassislarining o‘quv-yig‘ini boshlandi
19:42 / 2022-02-08

"Forish" tog‘ poligonida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlaridagi havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari zenitchilari o‘rtasida o‘quv-yig‘in o‘tkazilmoqda.

Unda bo‘linmalar shaxsiy tarkibi o‘zlarining nazariy bilimlarini amaliyotda sinab, bilim va ko‘nikmalarini oshirmoqda. O‘quv-yig‘in davomida bo‘linmalarning zirhli transportlarda harakatlanish, shuningdek, turli sharoitlarda marshni amalga oshirish vaqtida havo hujumidan mudofaani tashkillashtirishga oid ko‘nikmalari mustahkamlanmoqda.

Bundan tashqari, ko‘chma zenit majmualarini jangovar shay holga keltirish hamda yurish holatiga o‘tkazish bo‘yicha me’yorlar bajarilib, o‘q-dori va raketalar sarfisiz dala trenajyorida havo nishonlarini aniqlash va shartli havo nishonlarini yakson qilish bo‘yicha ko‘nikmalar takomillashtirilyapti.

Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar berdi.

O‘quv-yig‘in rejasidan havo kuzatuvni olib borish va aniqlangan nishonlar haqida yuqori qo‘mondonlikka zudlik bilan ma’lumot berish, qo‘mondonlik qaroriga asosan nishoni yakson qilish mashqlari ham o‘rin olgan.

Yig‘inda yaxshi natija ko‘rsatgan xarbiy xizmatchilardan xalqaro armiya o‘yinlari va boshqa musobaqalarda ishtirok etadigan nomzodlar zaxiralari shakllantiriladi.

O‘zA