Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ford 4 mingdan ortiq ofis ishchilarini qisqartiradi
17:07 / 2022-07-18

Amerika avtomobil ishlab chiqaruvchisi Ford Motor 4000 dan ortiq ofis ishchilarini qisqartirishni rejalashtirmoqda, bu yaqin haftalarda e’lon qilinadi. Bu haqda "Wall Street Journal"  xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Manbalarning ta’kidlashicha, qisqartirishlar Fordning ishlab chiqarish korxonalari ishchilariga ta’sir qilmaydi. Ular, birinchi navbatda, Michigan shtatining Dirborn shahridagi ichki yonuv dvigatelli avtomobillar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi ofis xodimlariga ta’sir qiladi, chunki kompaniya tobora ko‘proq elektromobillar ishlab chiqarishga e’tibor qaratmoqda.

O‘tgan yil oxirigi holatiga ko‘ra, Ford Shimoliy Amerikada 43 ming xodimga ega edi.

Ford xarajatlarni kamaytirish uchun qisqartirishni rejalashtirmoqda, dedi manbalar. Kompaniya 2026 yilga borib har yili 3 milliard dollar tejashga erishmoqchi.