Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Forbes: AQSH Zangezur yo‘lagini ishga tushirish uchun murosa mexanizmini taklif qilmoqda
21:17 / 2025-07-19

Rossiya, Xitoy va Eronning Janubiy Kavkazdagi ta’sirini kamaytirish va Yevropaga energiya yetkazib berish yo‘nalishini diversifikatsiya qilish maqsadida AQSH Zangezur yo‘lagini blokdan chiqarish bo‘yicha murosa mexanizmini taklif qildi, deb yozdi “Forbes” jurnali.

Nashr qayd etishicha, bunday amaliyot mintaqadagi geoiqtisodiy muvozanatni sezilarli darajada o‘zgartiradi. Aniqrog‘i, Eron bu jarayondagi tranzit rolini 30 foiz, RF esa 20 milliard dollargacha daromadini, Yevropa energetika bozoridagi ta’sirini 15 foizgacha yo‘qotishi mumkin.

Jahon banki ma’lumotiga ko‘ra, 2027 yilga borib yo‘lak yillik savdo aylanmasini 100 milliard dollarga yetkazishi, Yevropa va Osiyo o‘rtasidagi tranzit vaqtini 12-15 kun qisqartirishi bashorat qilinyapti.

Ta’kidlanishicha, AQSH bir vaqtning o‘zida Boku va Yerevan manfaati hisobga olinadigan variant taklif qilmoqda. Ya’ni, Armaniston tomonidan rasmiy suverenitetni saqlab qolgan holda kafolatlangan tranzit ta’minlashi boshi berk ko‘chaga kirib qolgan muzokarani siljitish imkoni paydo bo‘lyapti.

Avvalroq AQSHning Turkiyadagi elchisi Barrak Vashington bu ikki davlat o‘rtasidagi transport yo‘lagi boshqaruvini qo‘lga olish taklifini kiritayotgani, jumladan ushbu uchastkaning 32 kilometrini 100 yilga ijaraga olishi muammoga yechim bo‘lishi mumkinligini aytgandi.

S.Rahimov, O‘zA