Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fohishaxona tashkil etilganligi fosh bo‘ldi
18:06 / 2022-06-23

Buxoroda qo‘shmachi ayolning kirdikorlari fosh etildi. Bu haqida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi hamda shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Natijada tadbir davomida Buxoro shahar Piridastgir ko‘chasida vaqtinchalik istiqomat qiluvchi, 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro J.M., o‘ziga tanish bo‘lgan ikki nafar o‘smir yigitlarga jinsiy aloqa qilishi uchun sharoit yaratib berganligi aniqlangan. Fuqaro buning evaziga ushbu o‘smir yigitlarning har biridan 200 ming so‘mdan jami 400 ming so‘m pul olib, fohishaxona tashkil qilganligi fosh etilgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA