Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fobiya - qo‘rquvlar olami (+video)
21:05 / 2023-10-19

Tashqi xavf-xatarlarga bo‘lgan hissiy reaksiyalarimiz qo‘rquv deb ataladi. Bizning fobiyalarimiz ham biz his qiladigan qo‘rquvning o‘zgarishidir. Fobiya – bu insonning kundalik hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan vaziyatdan qo‘rqish. Fobiya bilan og‘rigan odamlarni “fobik” deb ham atash mumkin.

Har bir jonzot o‘zi xavfli deb bilgan va o‘zining mavjudligi va hayotiga tahdid soladigan vaziyatlardan instinktiv ravishda qochadi. Inson ongi bu qochishni qo‘rquv sifatida qabul qiladi. Qo‘rquv, qaysidir ma’noda, oldindan ogohlantirish mexanizmidir. Xavfli yoki hayotiga tahdid soladigan vaziyatlardan qochib qutula olmaslik yoki ulardan qochishga qaramay, hissiy jihatdan bo‘shashmaslik qo‘rquv nazoratdan chiqib ketganligini anglatadi. Odamning hotirjam bo‘lishga qodir emasligi natijasida qo‘rquv va tashvish asta-sekin kuchayib, tashvishlanishni ko‘rish mumkin. Bu tashvish insonning kundalik hayotiga salbiy ta’sir qiladi. Bu sodir bo‘lganda, biz o‘zimizni himoya qilish mexanizmimiz va insonning oldindan ogohlantirish mexanizmi deb ta’riflagan qo‘rquv fobiyaga aylanadi. Biror kishining qo‘rquvi (fobiyasi) har doim ham biror narsa yoki vaziyatga bog‘liq bo‘lmasligi mumkin.  

Murakkab fobik holatlarda yurak urishi sekinlashishi va hatto o‘lim holati bo‘lishi mumkin. Bu haqida batafsilroq ma’lumot olish uchun ilmiy psixolog Feruza Alimovani suhbatga chorladik:

Batafsil

 <iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/2Sl613R6FQ4" title="Fobiya - qo‘rquvlar olami" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Aytish lozimki, fobiyaga chalingan insonlarni davolash mumkin. Ammo buni ularning o‘zlari juda-juda istashlari kerak bo‘ladi. Avvalo shifokorlar bemorning  o‘zi, uning yaqinlari, oila a’zolari bilan suhbat qurishadi. Bemorning yashash tarzi, do‘stlari o‘rganiladi. Uning ruhiy holati kuzatiladi. Bunday bemorlar kompleks davolash usuli orqali davolanadi.  

Fobiyani davolashda ruhshunos bilan uzoq vaqt davom etadigan suhbatlar, vahima hissini yo‘qotishga, xotirani kuchaytirishga, insonning aqliy faoliyatini ishlashga majbur etadigan dori-vositalari, asab tizimini davolash, gipnoz usuli kabi yana o‘nlab davolash usullari mavjud.  

Shifokorlar, ruhshunoslar fobiyadan aziyat chekayotgan insonning avvalo ruhiy holatini o‘rganishadi va shunga ko‘ra ish tutishadi. Unga buyuriladigan davo choralari ana shunga bog‘liq bo‘ladi.

"Salomatlik sirlari" turkum videolavhalarini kuzatishda davom eting, o‘zingiz va yaqinlaringiz salomatligini e’tiborsiz qoldirmang.

 

M.Turdaliyeva, A. Sodiqov,

O‘zA