English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
FLSmidth O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirmoqda
11:36 / 2025-11-07

O‘zbekiston Respublikasi doirasida bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

AQSHning “FLSmidth Inc.” kompaniyasi kapital sotuv bo‘limi boshlig‘i Piter Flenagan O‘zbekiston Prezidentining Vashingtonga tashrifi tog‘-kon sanoati va sanoatni modernizatsiya qilish sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishini ta’kidladi:

– Bu biz uchun g‘oyat sharafli va muhim voqea, – deya ta’kidladi janob Flenagan sohada vujudga kelayotgan, investitsiyaviy va texnologik sheriklik ko‘lamini yanada kengaytirishga xizmat qiladigan kelishuvlar mohiyatiga izoh berarkan. – Biz O‘zbekistonda faol ishlayapmiz. Xususan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinatini rivojlantirish loyihasida ishtirok etmoqdamiz. Ayni payt Amerikaning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish orqali korxonani to‘liq quvvatga olib chiqishga ko‘maklashyapmiz. Bosqichma-bosqich faoliyat doirasini kengaytirib borish rejalashtirilgan. Mamlakatingiz tog‘-kon sektori istiqboli porloq ekani ko‘rinib turibdi.

Shuningdek, tadbirkor mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, hududga xorijiy investorlar qiziqishini oshirishga xizmat qilayotganini ham qo‘shimcha qildi:

– Keyingi yillarda O‘zbekistondagi iqtisodiy va investitsiya muhiti sezilarli darajada yaxshilandi. Prezident Mirziyoyev rahbarligida mamlakat sarmoya kiritish va biznes yuritish uchun ajoyib makonga aylandi. Biz faoliyatimizni hududlar bo‘ylab kengaytiryapmiz. Hamkorlikni uzoq muddatli istiqbolda davom ettirish maqsad qilingan.

Bosh qarorgohi Yuta shtatida joylashgan “FLSmidth” kompaniyasi tog‘-kon va sement sanoati uchun muhandislik, texnologik yechimlar bo‘yicha jahon yetakchilaridan hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining AQSHga tashrifi chog‘ida korporatsiya rahbariyati yurtimiz korxonalarida investitsiya loyihalarini kengaytirish, jarayonga innovatsion yechimlar joriy etishga tayyorligini bildirdi.

Abduaziz Xidirov, O‘zA