Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Floridada turar-joy qulagandan keyin 99 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda
16:23 / 2021-06-25

Mayami shahrida ko‘p qavatli bino qulab tushdi. Unda yashayotgan qariyb yuz kishining taqdiri haligacha noma’lum bo‘lib turibdi, deb xabar tarqatdi mahalliy Local 10 telekanali.

Bundan avvalroq binodagi 50 yaqin kishi aloqaga chiqmagani haqda xabar berilgan edi.

Keyinroq Mayami-Deyd okrugi politsiya boshlig‘i Freddi Ramires 53 kishi bilan aloqa o‘rnatilgani haqda ma’lum qilib, yana 99 kishining taqdiri noma’lum bo‘lib turganini aytgan.

Okrug meri Daniell Lavin Kavaning bayonot berishicha, binoda istiqomat qiluvchi 102 kishining qayerdaligi aniqlangan, ular xavfsiz joyda.

Mayami shahri hududiga kiruvchi (Florida shtati) Serfsayd shaharchasida qad rostlab turgan ushbu turar-joy 130 xonadondan iborat.

Mahalliy OAVning yozishicha, yuz bergan fojeada uch kishi halok bo‘lgan. Ayni paytda falokat oqibatlarini bartaraf qilish uchun 80 nafar qutqaruvchi jalb etilgan.