English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Floridada samolyot qulashi oqibatida bir necha kishi halok bo‘ldi
17:08 / 2024-02-02

AQSH Florida shtatining Kliruoter shahrida samolyot qulab, bir necha kishi halok bo‘ldi. “CNN” telekanali xabariga ko‘ra, “Beechcraft Bonanza V35” rusumli uchoq “Bayside Waters” turar-joy manzilida joylashgan park hududidagi uylardan biriga tushgan. O‘t o‘chiruvchilar hodisa joyiga mahalliy vaqt bilan 19:15 atrofida yetib kelgan.

Shahar o‘t o‘chirish xizmati boshlig‘i Skott Elers voqea munosabati bilan uyushtirilgan brifingda hayotdan ko‘z yumganlar orasida xonadon ahli va samolyot yo‘lovchilari borligini bildirdi. U qurbonlarning aniq sonini aytmadi. Hodisa oqibatida yong‘in kelib chiqqan va yana to‘rtta tirkama binoga ham o‘tgan.

Federal aviatsiya ma’muriyati vakili bergan ma’lumotga ko‘ra, uchuvchi dvigatel ishlamay qolgani haqida xabar berganidan so‘ng ko‘p o‘tmay, kichik samolyot turar-joy hududiga qulagan.