French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlar yanada rivojlanadi
18:36 / 2021-06-02

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti hamkorligida «Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Anjumanda vazirlik tomonidan fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, jahonning yetakchi ilmiy tashkilotlariga yosh olimlarni qisqa muddatli ilmiy stajirovkalarga yuborish, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun maqsadli kvotalar ajratish, fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga doir ishlar, yutuq va kamchiliklar xususida so‘z bordi.

—Hozir fizika yo‘nalishidagi tashkilotlarda 558 nafar ilmiy xodim faoliyat ko‘rsatyapti. Shundan 7 nafari akademik, 92 nafari fan doktori, 170 nafari fan nomzodi va falsafa doktori (PhD) bo‘lib, qolgan 289 nafari ilmiy darajaga ega bo‘lmagan xodimlardir, – deydi Innovatsion rivojlanish vazirligi Ilmiy va innovatsion faoliyatga oid dasturlarni shakllantirish va monitoring qilish boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Otajonov. – Fizika yo‘nalishidagi ilmiy tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ilmiy xodimlar tomonidan 66 ta monografiya xorijda, 86 tasi esa o‘zimizda chop etilgan.

Tadbirda soha rivoji uchun amalga oshirilayotgan loyihalar, davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Hozirgi kunda umumiy qiymati 26 263,52 million so‘mlik 24 ta ilmiy loyiha amalga oshirilmoqda.Undan 58 tasi amaliy, 2 tasi innovatsion, 10 tasi xalqaro, 1 tasi tajriba-konstruktorlik loyihasidir.

Shuningdek, Fizika yo‘nalishidagi ilmiy tashkilotlar ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi. «Yo‘l xaritasi»ga asosan loyiha qiymati 12,1 milliard so‘mlik jami 20 ta ishlanmani tijoratlashtirish vazifasi belgilangan. Hozirgi kunga qadar 2,43 milliard so‘mlik 6 ta ishlanma moliyalashtirildi.

– Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan saralash tanlovlari natijalariga ko‘ra, 2018-2019 yillarda 231 nafar yosh olim qisqa muddatli stajirovkaga yuborildi. 2020 yilda esa 261 nafar yosh olim saralab olindi, – deydi Ilmiy stajirovkalarni va laboratoriya asbob-uskunalari xaridini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Sarvar Taxirov. –Yana 16 nafar fizika sohasidagi yosh tadqiqotchi Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya va Latviya mamlakatlarida ilmiy stajirovka o‘tash uchun yuboriladi.

Innovatsion rivojlanish vazirligi barcha fan yo‘nalishlari, jumladan, fizika bo‘yicha ham stajirovka uchun tanlov e’lon qilgan. Ayni paytda taqdim etilgan nomzodlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar umumlashtirilmoqda.

Fizika sohasidagi ilmiy tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayni shu maqsadda 2018-2021 yillarda 51 turdagi 5 646,0 ming AQSH dollarlik asbob-uskunalar bo‘yicha buyurtmalar berilgan.Ular Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti, Fizika-texnika instituti, Materialshunoslik instituti, Astronomiya instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutlariga taqdim etiladi.

Fayzullo Yahyoyev, O‘zA