French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fizika fani o‘qituvchilari o‘zaro bahslashdi
10:28 / 2021-06-15

Andijonda akademik Sirojiddin Zaynobiddinov nomidagi fizika fani olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatdan yetishib chiqqan, professor hamda akademiklar sharafiga o‘quvchi va o‘qituvchilar o‘rtasida fan olimpiadalari o‘tkazilishi an’anaga aylangan.

Shu kunga qadar akademik S.Zaynobiddinov, professorlar R.Shamsuddinov, A. Nurmonov, S.Rahimov sharafiga fizika, tarix, ingliz tili, ona tili va adabiyoti fanlaridan umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida fan olimpiadalari o‘tkazilgan bo‘lsa, endilikda unda o‘qituvchilar ham ishtirok etadi.  

Fizika fanining yetuk olimlaridan biri, fanga oid ko‘plab ilmiy va uslubiy qo‘llanmalar, darsliklar muallifi, akademik Sirojiddin Zaynobiddinov sharafiga tkazilgan fan olimpiadasida viloyatdagi eng kuchli fizika fani o‘qituvchilari bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Fan olimpiadasining yakuniy natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball jamg‘argan baliqchilik Nuriddin Husanov birinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, Xo‘jaobod tumani vakili Muhammadzohid O‘rinboyev, Asaka tumanidan Iroda Usmonova va Izboskan tumani vakili Gulandom Qodirova sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.

Tadbir doirasida kunning ikkinchi yarmida ishtirokchilar uchun akademik S.Zaynobiddinov tomonidan mahorat darsi tashkil etildi.

– Bu kabi ibratli tadbirlar nafaqat o‘qituvchilarning bilimini boyitish va rag‘batlantirishga, balki ta’lim, xususan, fizika fani rivojiga xizmat qiladi, – deydi fan olimpiadasini bevosita kuzatgan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari Rustamjon Karimjonov. – Shu bois bu kabi tanlovlarni doimiy o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi.  

Fan olimpiadasining g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, esdalik sovg‘alari hamda kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandi.

F.UBAYDULLAEV, Z.UMRZOQOV (surat),O‘zA