Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fizik olimlar O‘zbekistonda (+video)
17:22 / 2024-02-21

Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida kichik o‘lchamli ilg‘or materiallarni yaratish bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Konferensiya joriy yilning 18-19 fevral kunlari Samarqand shahrida boshlangan edi. 

Ushbu tadbirda Janubiy Koreyaning fiziklar jamiyati raisi va a’zolari hamda Rossiya, AQSH, Ukraina va yurtimizdagi shu sohaga qiziqishi baland bo‘lgan yoshlar faol qatnashmoqda. 

—Tadbirda hozirgi paytda elektronika, energetika, tibbiyot, biologiya sohasida qo‘llanilayotgan kichik o‘lchamli materiallar, ularning xossalari, imkoniyatlari olimlar ishtirokida muhokama qilinmoqda, — dedi Ion plazma va lazer texnologiyalari instituti direktori Hotam Ashurov. — Olingan natijalar, kelajakda qilinishi kerak bo‘lgan rejalar, imkoniyatlar haqida takliflar berilmoqda. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Lgp8N_LQIqI" title="Fizik olimlar Oʻzbekistonda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Shuni alohida ta’kidlash joizki, bugungi kunda institut olimlari tomonidan kichik o‘lchamli katalizatorlar sintezi ustida ish olib borilmoqda. Bu tadqiqot bir nechta usul yordamida o‘rganilyapti. 

Ushbu tadbir eng dolzarb sohalar bo‘yicha tadqiqot yo‘nalishlarini belgilab beradi. Bu o‘zbekistonlik olimlar uchun muhim qadamlardan biri bo‘ladi. 

N.Rahmonova, N.Abduvoitov (video), O‘zA