Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fizalis o‘simligi yurtimiz dalalariga moslashtirilmoqda (+video)
15:52 / 2025-08-04

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti yosh ilmiy tadqiqotchisi Mehroj Ahmedov yurtimiz dalalari uchun noan’anaviy o‘simlik bo‘lgan “Fizalis”ni mahalliylashtirish, tuproq va iqlim sharoitimizga moslashtirish borasida tadqiqotlar olib bormoqda. Serdaromad, suvsizlikka chidamli ushbu o‘simlik hozirda Toshkent viloyati yerlarida tajriba-sinovdan o‘tkazildi va tuproq-iqlim sharoitimizga yaxshi moslashdi, hosildorligi ham yuqori bo‘ldi.

- Bu o‘simlik urug‘ini turli mamlakatlardan olib keldik, - deydi ilmiy- tadqiqotchi Mehroj Ahmedov. – Kelib chiqishi Peru davlati hisoblanadi. O‘simlik urug‘larini biz Peru, Fransiya, Rossiya, Qozog‘iston, Meksika, Italiya davlatlarida yetishtirilayotgan turlarini O‘zbekiston sharoitiga olib kelib ekib, Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy ishlar olib bormoqdamiz. Yetishtirishdan asosiy maqsad aholini vitaminlarga boy meva-sabzavotlar bilan ta’minlash.  

Fizalis – ituzumdoshlar oilasiga mansub, bir yillik va  ko‘p yillik  o‘tsimon o‘simlik turkumidir. Vatani Shimoliy va Markaziy Amerika  hisoblanadi.  Yer yuzida 120 dan ortiq navlari  tarqalgan va dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida, shu jumladan Hamdo‘stlik mamlakatlarida bir nechta turi ekiladi. Ushbu o‘simlik mevali, sabzavotli va manzarali turlariga bo‘linadi.

Fizalisning gektaridan  beradigan o‘rtacha hosildorligi 10-30 tonna va undan ortiqni tashkil etadi. Mevasining tarkibida  40 foizgacha shakar,   A va S vitamini mavjud, darmondorilarga boydir. Shuningdek, ozuqaviy tola, uglevodlar, moylar, oqsil, sturukturali mineral suvlar, temir, rux, kaliy, kalsiy, natriy, fosfor va magniy kabi elementlar bisyordir.  Asosan oziq – ovqat va farmatsevtika sanoatida ishlatiladi.  

Ushbu o‘simlikning  bosh og‘rig‘ini qoldirishda, qon bosimini me’yorlashtirishda, xolesterinni kamaytirishda, ko‘z qon tomirlarini baquvvatlashtirishda, terini yoshartirishda va suyak mo‘rtligidan asrashda, mushaklarning shamollashida va artrit proflaktikasida hamda davosida  foydasi katta.

Avvallari O‘zbekistonda ilmiy o‘rganilmagan ushbu o‘simlikning yangi navlari ustida olimlarimiz tomonidan tajribalar o‘tkazib kelinmoqda.  Yetishtirish agrotexnikasi, poyasi, bargi, shonasi, gulbargi, mevasining atrofidagi po‘stlog‘i va uning  tarkibi bo‘yicha chuqur ilmiy-tadqiqotlar olib borilyapti.  

Agarda Fizalis o‘simligini fermer xo‘jaliklariga ekish tadbiq qilinsa, kelajakda ularning iqtisodiy quvvatlari sezilarli darajada oshadi va o‘z navbatida aholining ushbu shifobaxsh o‘simlikka bo‘lgan ehtiyoji ta’minlangan bo‘lar edi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/GfU4BTxW0gc" title="Fizalis o`simligi yurtimiz dalalariga moslashtirilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA