French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fitosanitariya sertifikati boʻlmagan pochta joʻnatmalari yoʻq qilindi
13:45 / 2020-08-23

Mamlakatimiz hududiga chet eldan kirgan har bir mahsulotning fitosanitariya sertifikati yoki guvohnomasi boʻlishi shart.


Mamlakatimiz hududiga chet eldan kirgan har bir mahsulotning fitosanitariya sertifikati yoki guvohnomasi boʻlishi shart. Zero, yurtimizga kirgan zararli organizmlar xuddi koronavirus singari keng masshtabda tarqalib iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

Kuni kecha poytaxtimizdagi “Bosh pochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida joylashgan oʻsimliklar karantini chegara maskanida ana shunday xavf aniqlangan import mahsulotlari toʻxtatib qolindi.

Tegishli ruxsatnomasiz Koreyadan 4 kilogramm oʻsimlik urugʻi va Rossiyadan pochta joʻnatmasi orqali jismoniy shaxs nomiga kelgan 1,5 kilogramm qadoqlangan sabzavot urugʻlari tekshiruvdan oʻtkazilganda ularni yurtimiz fitosanitar holatiga toʻgʻri kelmasligi aniqlandi.

̶ Oʻttizta qadoqdagi jami 750 ming dona piyoz urugʻi va boshqa turdagi sabzavot urugʻlari borligi aniqlandi, ̶ deydi Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi inspektori Hadicha Ergasheva. ̶ Ularga tegishli tartibda dalolatnomalar rasmiylashtirildi.

Joriy yilning oʻtgan davrida bu birinchi holat emas. Misol uchun, soʻnggi olti oyda karantin chegara maskanida 26 holatda umumiy hajmi 120 kilogramm boʻlgan qonuniy tarzda jismoniy shaxslar nomiga kirib kelgan urugʻlik mahsulot yoʻq qilish uchun olib qoʻyilgan. COVID-19 pandemiyasi sababli inspeksiya nafaqat eksport mahsulotlarini balki import mahsulotlari nazoratini yana-da kuchaytirmokda.

Qayd etish kerakki, Toshkent shahar Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi doimiy ravishda tashqi bozorlarga chiqish orqali Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining eksport geografiyasini kengaytirishga koʻmaklashmoqda. Soʻnggi ikki yilda Xitoy, Koreya, Hindiston, Yaponiya, Misr kabi mamlakatlarga eksport qilish uchun 78 turdagi meva-sabzavotlar uchun karantin ruxsatnomasi rasmiylashtirilgan.