English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Fitch Ratings” “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ reytingini “BB” darajasida tasdiqladi
11:57 / 2025-07-02

Bu haqda jamiyat axborot xizmati xabar berdi. Unda yozilishicha, 2025 yil 1 iyul kuni “Fitch Ratings” xalqaro reyting agentligi “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatining xalqaro indikativ kredit reytingini “BB” darajasida tasdiqladi.

Mazkur reyting O‘zbekiston Respublikasining suveren kredit reytingi bilan teng darajada belgilanib, prognoz “barqaror” deb baholandi.

Bundan bir necha kun avval, ya’ni 2025 yil 26 iyun kuni agentlik tomonidan O‘zbekistonning suveren kredit reytingi ham “BB-”dan “BB” darajasida baholanib, barqaror kutilmalar bilan tasdiqlangan edi. Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, bu o‘zgarish so‘nggi yillardagi ilk ijobiy dinamika sifatida qayd etilmoqda.

“Fitch Ratings” tomonidan e’lon qilingan hisobotda “Issiqlik elektr stansiyalari” AJning iqtisodiy barqarorlikni saqlash, samarali korporativ boshqaruvni joriy etish, shaffof moliyaviy hisobot yuritish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan harakatlari yuqori baholangan.

Xususan, jamiyatning aniq va uzoqni ko‘zlagan biznes strategiyasi, moliyaviy intizomi hamda tashqi bozorlar bilan hamkorlikni rivojlantirishga doir yondashuvi xalqaro mutaxassislar tomonidan ijobiy baholandi. Bu omillar jamiyatning xalqaro moliya bozorlaridagi nufuzini yanada mustahkamlaydi.

“BB” darajasidagi reyting “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ uchun tashqi sarmoyalarni jalb etish, uzoq muddatli moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, shuningdek, xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishda muhim omil hisoblanadi.

N.Ziyodullayeva tayyorladi,

O‘zA