Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Fitch Ratings: Erondagi mojaro rivojlanayotgan bozorlarga ta’sir ko‘rsatishi mumkin
12:52 / 2026-03-10

Yaqin Sharqdagi mojaro ayrim rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotiga qo‘shimcha bosim o‘tkazishi mumkin. Bu haqda “Fitch Ratings” xalqaro agentligi hisobotiga tayanib, “Trend” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hududda yuzaga kelgan vaziyat energiya importi, pul o‘tkazmasi, moliyaviy subsidiya, valyuta kursi, xalqaro darajada moliyalashtirish singari omillar orqali ta’sir qilishi mumkin. Qolaversa, ayrim davlatlar uchun o‘ziga xos ta’sir usuli ham mavjud. Masalan, beqarorlik tufayli Erondan ehtimoliy ommaviy qochqinlar oqimidan Ozarbayjon, Iroq, Turkiya kabi mamlakatlar jiddiy ta’sirga uchrashi mumkin.

Agentlik tahlilchilari energiya narxi uzoq muddat yuqori saqlanishi ayrim uglevodorod eksport qiluvchi davlatlar uchun ijobiy natija berishi mumkinligini taxmin qilyapti. Bunday davlatlar qatoriga Angola, Argentina, Ozarbayjon, Braziliya, Kolumbiya, Ekvador, Gabon, Qozog‘iston, Nigeriya va Kongo Respublikasi kiritilgan.

D.Hakimov, O‘zA