Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarning rejasi amalga oshmadi
22:30 / 2023-04-27

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazishni va’da qilgan firibgar ushlandi. Bu haqida Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, “Avtomotohavaskorlar ko‘ngilli jamiyati” o‘qituvchisi vazifasida ishlagan Kogon tumani “Beklar” mahallasida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro S.Sh. o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda boshqa bir fuqaroni “B” toifali haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘ladigan imtihondan o‘tkazish uchun firibgarlik yo‘li bilan 100 AQSH dollari va 1 million so‘m pulni olib hozirgi kunga qadar bermasdan kelgan.

2023 yil 22 aprel kuni viloyat huquq-tartibot organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u Buxoro shahar “B.Naqshband” ko‘chasida oldindan olgan pullardan 100 AQSH dollari va 300 ming so‘m pullarni qaytarib berayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA