Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarning qilmishi, anqovlarning shilinishi
10:55 / 2023-03-26

“Olx.uz” ga yolg‘on e’lon joylab firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi xabar bergan.

Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi 28 yoshli R.B. “Olx.uz” veb-sahifasi orqali berilgan e’lon rost yoki yolg‘onligini oxiriga yetmay, ijaraga uy olish maqsadida noma’lum shaxs hisobiga oldindan to‘lov sifatida 700 ming so‘m pul o‘tkazib bergan. Biroq, u ko‘rsatilgan manzilga borganida aldanganini tushunib yetgan.  

Shundan so‘ng R.B. ichki ishlar organiga ariza bilan murojaat qilib, “Olx.uz” veb-sahifasi orqali e’lon bo‘yicha noma’lum shaxs bilan gaplashib, aldanib qolganini ma’lum qilgan.  

Mutasaddi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi 22 yoshli S.S. e’lonlar veb-sahifasiga soxta e’lon joylagan holda amalga oshirganligi aniqlandi.  

Respublika IIV Kiberxavfsizlik markazidan ma’lum qilishlaricha, S.S. bu qilmishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilgan.  

A.QAYUMOV, O‘zA