Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarning kirdi kori fosh bo‘ldi
10:10 / 2022-11-23

Buxoro viloyati Vobkent tumanida imtiyozli kredit mablag‘ini o‘zlashtirgan firibgar aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati Vobkent tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Natijada fuqaro H.F. otasi Sh.F.ning nomiga “T.U.” MCHJni tashkil etib, bank filialidan 5 nafar fuqaro nomiga ixcham issiqxona qurish uchun ajratilgan jami 150,9 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini ta’minotchi korxona sifatida MCHJga o‘tkazishga erishgan. Amalda fuqarolarga issiqxona qurib bermasdan kredit mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA