French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarlikning yo‘li ko‘p, ammo hammasi sudga olib boradi
17:37 / 2021-06-14

Jizzax shahar hokimining qaroriga keltirilgan protestni bekor qildirib berishga ishontirib, birovning hisobiga pul ishlamoqchi bo‘lgan firibgarning siri fosh bo‘ldi.

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, noqonuniy daromad orttirish uchun o‘zgalarning ishonchiga kirib, firibgarlik qilgan fuqaro Sh.B. ushlangan.  

Qayd etilishicha, Sh.B. fuqaro B.ga Jizzax shahar hududida xususiy ta’lim muassasasi qurish uchun 20 sotix yer maydoni ajratish haqidagi shahar hokimi qaroriga Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan keltirilgan protestni tanishlari orqali bekor qildirib, uning nomiga qayta hujjatlashtirib berish xizmati uchun 2 500 AQSH dollari so‘ragan. So‘ng, avans tariqasida 5 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

Firibgarlar odamlarni aldab pul topish uchun turli yo‘llarini topishadi, ammo bu yo‘llarning barchasi oxiri sudga olib boradi.  

 

T.Beknazarov, O‘zA