Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarliklar fosh etildi
13:59 / 2020-02-09

Mazkur arizaga asosan, shu kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi fuqaro U.B. Shayxontohur tumanidagi “Beruniy” metro bekati yaqinida arizachidan 800 AQSH dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.


Ichki ishlar vazirligiga N.O. ismli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, unda oʻzini Olmazor tumani hokimligining xodimi, deb tanishtirgan “Bekzod” ismli shaxs tuman hududidan avtomashina yuvish shoxobchasini biznesini yuritish uchun yer olib berish uchun tuman hokimining qarorini chiqarib berish evaziga hokimlik masʼul xodimlariga berish uchun 5.000 AQSH dollari va davlat boji uchun 600 AQSH dollari berishini talab qilib, shundan davlat boji uchun 600 AQSH dollari olganligini va qolgan 5.000 AQSH dollari hisobidan oldindan 800 AQSH dollari berishini talab qilayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida gumonlanuvchi fuqaro U.B. Shayxontohur tumanidagi “Beruniy” metro bekati yaqinida arizachidan 800 AQSH dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Fuqaro I.N. esa oʻz arizasida Zangiota tumani “Yoshlik” MFY raisi deb tanishtirgan “Mahmud” ismli shaxs mazkur mahalla hududidan 16 sotix yer maydoni uchun tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga oldindan 16.000 AQSH dollari va qaror chiqqandan soʻng yana 16.000 AQSH dollari, jami 32.000 AQSH dollari berishini talab qilayotganligini maʼlum qilib, unga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻragan.

Mazkur arizaga asosan, shu kuni IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Zangiota tumani “Chigʻatoy oqtepa agro” muqobil mashina traktor parki rahbari S.M. xizmat xonasida ariza muallifi I.N.dan 16.000 AQSH dollari miqdoridagi pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasidan maʼlum qilishlaricha, hozirda yuqoridagi holatlar boʻyicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.