Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarlikka qo‘l urgan “Suvoqova” DUK xodimiga jazo tayinlandi
14:09 / 2019-10-09

I.Ruzmatov o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, firibgarlik yo‘li bilan fuqaro O.Akbarovdan 300 ming so‘m pullarni olayotgan vaqtda kimyoviy ishlov berilgan dalillar bilan ushlandi.


Majburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Suvoqova” DUK Andijon shahar filiali xodimi I.Ruzmatov fuqaro O.Akbarovning yashab turgan xonadondagi suv ta’minotidan 800 ming so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berish hamda suvdan qarzi yo‘qligi haqida hujjatlar tayyorlab berishini aytadi. Buning evaziga undan 400 ming so‘m talab qilganligi aniqlangan. 

I.Ruzmatov o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, firibgarlik yo‘li bilan fuqaro O.Akbarovdan 300 ming so‘m pullarni olayotgan vaqtda kimyoviy ishlov berilgan dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan “Suvoqova” DUK Andijon shahar filiali xodimi I.Ruzmatovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qism “v” bandi bilan 1 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilingan holda 2 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.