Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarlikdan saqlanishning amaliy yo‘llari
20:33 / 2026-02-17

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filialida “Ogoh bo‘ling, firibgar!” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirning asosiy maqsadi professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va mahalla aholisi o‘rtasida firibgarlik holatlarining oldini olish choralari bilan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.

O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi N.Qaypbergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi mas’ul xodimi N.Berdiniyazova, mazkur oliy o‘quv yurti profilaktika inspektori N.Yerimbetov so‘zga chiqib, firibgarlikning bugungi kundagi ko‘rinishlari, ularning tuzoqlari va shaxsiy hamda moliyaviy ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha zarur tavsiyalarni berdi. 

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on tanlov va sovg‘a e’lonlari orqali fuqarolarning bank plastik kartasidagi yoki boshqa hisob raqamlaridagi pul mablag‘larini aldov yoki yashirin yo‘l bilan qo‘lga kiritish holatlari avj olmoqda. So‘zga chiqqanlar mana shunday holatlar bo‘yicha aniq dalillarni keltirib, ulardan qanday saqlanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi. 

Tadbir ishtirokchilariga, shuningdek, firibgarlikning zamonaviy ko‘rinishlari, ular tomonidan qo‘llanilayotgan turli tuzoqlar va ularning oldini olish choralarini batafsil tushuntirildi. Bunday targ‘ibot tadbirlari aholini, shu jumladan, yoshlarni firibgarlikdan ogohlantirish, ularning huquqiy savodxonlikni oshirish va jamiyatda hushyorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi. 

Tadbir ishtirokchilari bu borada o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri.