Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarlik fosh bo‘ldi
15:47 / 2022-10-22

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Buxoro shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

Natijada fuqaro M.R. boshqa bir fuqaro Ye.ni tanishlari yordamida viloyat Perinatal markaziga hamshira vazifasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 5 million so‘mni olganligi, shuningdek, fuqaro Z.ga chet davlatdan stomatologiya uskunasi keltirib berishi evaziga 4 000 AQSH dollari va 11,8 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.  

Zarif Komilov, O‘zA