Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarlarning niyati amalga oshmadi
18:10 / 2023-07-15

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi.

Fuqarolar A.A., A.D. hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi perinital markazi xodimi G.D. fuqaro G.U.ni Nukus shahar perinital markaziga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 15 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA muxbiri