Buxoroda yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarliklar fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi. Fuqaro A.B. Vobkent tumani, “Panob” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “I.N.” fermer xo‘jaligiga qarashli 20 sotix yer maydonini go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 100 ming AQSH dollari evaziga fuqaro S.O ga rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 20 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shuningdek, Kogon shahar bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.H. “Sarmijon” massividagi 12 gektar zaxiradagi yer maydonini fuqaro H.O‘.ga 40 ming AQSH dollariga sotishga kelishganligi aniqlanadi. Keyinchalik hujjatlarni auksion orqali rasmiylashtirib berishini aytib, oldindan 4 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olinadi.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA