Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarlar ushlandi
11:36 / 2023-06-14

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Vobkent tumani bo‘limi tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “J.T.” nodavlat ta’lim muassasasi avtomaktabi kotibasi E.G. fuqaro L.T.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun tanishlari yordamida 700 AQSH dollar evaziga imtihondan o‘tkazish vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro F.Q. fuqarolar S.S, R.A va A.A ni haydovchilik guvohnomalarini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan tanishlari yordamida 1 500 AQSH dollari evaziga o‘tkazib qo‘yishini aytib, shundan 10,2 million so‘mni boshqa bir fuqaro F.R. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining  tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ahmadjon SHOKIROV,  

O‘zA.