Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarlar fosh etildi 
13:20 / 2025-12-13

Jizzaxda xorijiy davlatlarga ishga yuborish bahonasida fuqarolarni aldash holatlari aniqlandi. Bu holatlar migratsiya va mehnat masalalarida ayrim shaxslar tomonidan sodir etilayotgan suiiste’mollar hali ham mavjud ekanini ko‘rsatmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zarbdor tumani bo‘limi DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro N.N. Chexiyaga ishga joylashtirishni va’da qilib, fuqaro R.X.ning ishonchiga kirgani aniqlandi. U viza hujjatlarini tayyorlab berishni bahona qilib, umumiy 10 ming dollar talab qilgan va shundan 3 ming dollarni “bo‘nak” sifatida olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi yana bir holat Sharof Rashidov tumanida qayd etildi. Departament va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda fuqaro X.T. Xorvatiya yoki Finlyandiyaga ishga joylashtirib berishni va’da qilib, fuqaro R.X.dan 1500 dollar olgan payti ushlangan.

Mazkur holatlar fuqarolarni aldash, ishonchdan foydalanish va mehnat migratsiyasi sohasida pora hamda firibgarlik holatlarining oldini olishda yanada qat’iy nazorat zarurligini ko‘rsatmoqda. Minglab insonlar xorijda mehnat qilish orqali oilasi farovonligini ta’minlashga intilyayotgan bir paytda, bunday aldov yo‘llari jamiyat uchun jiddiy xavf soladi.

Hozirda har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25- va 168-moddalari (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Abdujalol Qayumov, O‘zA