Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgarlar aniqlandi
14:38 / 2023-11-21

Qorako‘l tumanida 1,4 mlrd so‘mlik chorva mollarini o‘zlashtirish holati aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati Qorako‘l tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Natijada tumandagi “Q.N.” MCHJning moddiy javobgar shaxslari o‘zlariga ishonib topshirilgan 1,4 milliard so‘mlik 4 231 bosh chorva molini rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi ma’lum bo‘lgan.

Shuningdek, MCHJ sobiq rahbari F.D. ta’sischilarning xabardorligisiz soxta ma’lumotlar rasmiylashtirib, MCHJ binosini “F.F.” MCHJga bankning 550 million so‘m kreditiga garov ta’minotiga qo‘yib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Zarif Komilov,  

O‘zA muxbiri