Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgardan jarima to‘liq undirildi
16:37 / 2025-12-05

Sirdaryo viloyatida firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxsga nisbatan sud tomonidan 111 mln. so‘m jinoiy jarima jazosi belgilandi. Jazo ijrosi Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi tomonidan amalga oshirildi.

Ijro harakatlari jarayonida, belgilangan ixtiyoriy muddatda jarima summasi to‘lanmaganligi bois, byuro xodimlari majburiy ijro choralarini qo‘llashga majbur bo‘ldi. Qarzdorning mulki xatlanib, uning mablag‘lari hisobidan jarima summasi undirildi.

Natijada, qarzdor 111 mln. so‘m jinoiy jarima puli hamda 5,5 mln. so‘m ijro yig‘imini to‘liq to‘ladi.  

–  Bu jarayon butunlay qonuniy tartibda, adolat va shaffoflik prinsiplari asosida olib borildi, –  deydi Majburiy ijro byurosining Sirdaryo tuman bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Nurmahmad Nurov. –  Har bir ijro harakati aholiga ham, davlatga ham foyda keltirishi lozim. Qarzdordan to‘liq mablag‘ undirilishi ushbu prinsipning aniq misoli bo‘ldi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri