French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgar yer sotmoqchi edi, ammo...
12:43 / 2023-07-28

Yer maydoni savdosi bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi. Bu haqida Buxoro viloyati prokuraturasi ma’lum qildi. Buxoro viloyati prokuraturasi, viloyat IIB JQB hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada tadbir jarayonida fuqaro M.H Buxoro tumani, “Gulshanobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, fuqaro S.A, A.A va F.R larga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 10 yil muddatga ajratilgan 0,30 gektar yer maydonini o‘ziga tegishli ekanligini aytib, 9000 AQSH dollariga sotishga kelishib, tanishlari orqali yerga oid tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va’da qiladi.  

Kelishilgan pulni ariza muallifidan firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. Tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.  

Zarif Komilov,  

O‘zA