Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgar xodim qo‘lga olindi
12:05 / 2021-11-13

Fuqaroning farzandini 500 ming so‘m evaziga ro‘yxatdan o‘tkazmasdan "Bog‘cha"ga joylashtirib qo‘ymoqchi bo‘lgan tarbiyachi yordamchisi qo‘lga tushdi.

 Bu haqida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi katta leytenanti Murodjon Raxmatullayev O‘zAga ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning viloyat boshqarmasi, Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorligida  joriy yilning 11 noyabr kuni fuqarolar D.M. va M.Sh.larning arizalari yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazildi.  

Buxoro shahridagi maktabgacha ta’lim tashkilotining birida tarbiyachi yordamchisi lavozimida ishlovchi fuqaro G.V. fuqaro D.M. va M.Sh.larni aldab, ishonchini suiiste’mol qilib, ularga 500 ming so‘m evaziga MTT mudirasi orqali fuqaro M.Sh.ning 3 yoshga to‘lmagan farzandini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan mazkur ta’lim muassasasiga joylashtirishni va’da qiladi. Natijada shu kuni soat 09:30 larda MTT hovlisida kimyoviy ishlov berilgan 500 ming so‘m pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanadi.  

Mazkur holat yuzasidan Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan G.V.ga nisbatan O‘z.R.JKning 168-modda 1-qismi,  211-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Zarif Komilov, O‘zA