Firibgar ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida Nukus shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolarga imtiyozli kredit olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi.
Jumladan fuqaro H.K. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) 2 nafar fuqaroga o‘zini go‘yoki bank xodimi sifatida tanishtirib, Toshkent shahrida ishlaydigan tanishlari yordamida fuqaro I.T.ga 1,2 milliard so‘m va fuqaro M.B.ga 300 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘ini ajratib berishni va’da qiladi. Evaziga jami 48,4 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri