Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgar talabalarning rejasi amalga oshmadi
16:58 / 2021-07-23

Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritishni va’da qilib firibgarlik qilgan talabalar qo‘lga tushdi.

Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qildi.  

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.  

Aniqlanishicha, G‘ijduvon tumani, Paxtaobod mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan Toshkent Davlat agrar universitetining 4-bosqich talabasi fuqaro I.O. va Samarqand viloyati Narpay tumani Toshrabod mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining 3-bosqich talabasi fuqaro U.Sh. birgalikda fuqaro Q.J.ning ishonchiga kiradi. Uni Buxoro davlat universitetining iqtisod fakultetiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilishadi.  

Natijada Buxoro shahar A.G‘ijduvoniy ko‘chasida joylashgan Teri-tanosil kasalliklari shifoxonasi yonidagi avtoturargohda kimyoviy ishlov berilgan 60 million so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olayotgan vaqtda qo‘lga olinadi.  

Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan fuqaro I. O. va U.Sh. larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK. ning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA