Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgar porani plastik karta orqali olmoqchi bo‘ldi
15:50 / 2022-07-18

Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan firibgar ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIBning G‘ijduvon tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqaro F.D. boshqa bir fuqaro N.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 3,8 million so‘mni tanishining plastik kartasiga o‘tkazib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. 

Zarif Komilov, O‘zA