Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Firibgar jinoyat ustida qo‘lga tushdi
15:04 / 2023-05-26

Davlat xavfsizlik xizmatining Qo‘qon shahar bo‘limi hamda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik qilish orqali tekin daromad orttirmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

J.R ismli ushbu fuqaro  Beshariq tumanidagi 15 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga joriy yilning iyun-sentyabr oylarida meva yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzish evaziga MCHJlardan birining ish yurituvchisi O‘.N dan 2 ming AQSH dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, datslabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

M.Sulaymonov, O‘zA