Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlyandiyalik mutaxassislar yoshlar bilan uchrashdi
10:46 / 2021-04-09

Poytaxtimizdagi “Yoshlar press-klubi”da Yevropaning “FinEst Bay Area” kompaniyasi va “Angry Birds” o‘yini asoschisi Piter Vesterbaka yoshlar bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Finlyandiyaning mamlakatimizdagi vakolatxonasi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash markazi hamkorligida tashkil etilgan motivatsion tadbirda Finlyandiyaning ta’lim sohasi mutaxassislari va investoridan iborat delegatsiya a’zolari – Piter Vesterbaka, “Wye Task” startap loyihasi asoschisi Tuomas Tiilikaynen va “Edunation Finland” kompaniyasi hammuassisi Harri Suominen va iqtidorli yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvda finlyandiyalik mutaxassislar tomonidan yoshlarga o‘z kuchi va bilimiga tayanib, maqsadi sari qat’iyat bilan harakat qilish, insonlar nazdida imkonsiz narsaning uddasidan chiqish va kelajakda qiziqqan sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishishiga ko‘maklashish borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Bu borada ko‘plab qiziqarli ma’lumotlar berildi.

[gallery-1966]

Gulnoza BOBOEVA,  Oqil G‘ULOMOV (surat),  O‘zA