English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlyandiyada professor-o‘qituvchilar malaka oshirmoqda
11:29 / 2024-05-15

Ayni kunlarda yurtimizning 10 ga yaqin oliy ta’lim muassasasi professor-o‘qituvchilari Finlyandiyada malaka oshirmoqda.

Mazkur malaka oshirish kurslarida Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti Farrux Yo‘ldoshevlar ham ishtirok etib, tajriba orttirmoqda.  

Safar dasturiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi Finlyandiya maktablari faoliyati va oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi.  

– Finlyandiya davlatiga bo‘lgan malaka oshirish kursimiz Yuvyaskyulya shahridan boshlandi, – deydi telefon orqali muloqotda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov. – Dastlabki kun Muurame provinsiyasidagi Makelanmaki nomli boshlang‘ich ta’lim maktabida bo‘ldik. Maktabda ta’lim jarayoni o‘quvchilarning o‘zlarini erkin his qilib, darsda qatnashishi asosida olib boriladi. Ta’lim tizimi boshqaruvi xodimlarning bir-biriga ishonchi asosiga qurilgan bo‘lib, darsdagi nazariy ma’lumotlar kompyuter dasturlari yordamida ishlab chiqilgan mashqlar bilan interaktiv tarzda bajariladi. Maktabda ta’lim bir masalaga har xil yondashuv tamoyili asosida olib borilar ekan. Har kuni sport mashg‘ulotlariga 30 daqiqa vaqt ajratilganligi o‘quvchilarning o‘zlashtirish ko‘rsatgichiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.  

Malaka oshirish kursi davomida kelgusida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qilish ham rejalashtirilgan.  

 

A.Bo‘riyev,  

O‘zA muxbiri