French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlyandiya yurtimizda ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant ajratadi
14:36 / 2023-03-24

Ayni vaqtda Finlyandiyaning Xelsinki shahrida «Ta’limda Finlyandiya tajribasini joriy qilish» mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati ma'lumotiga ko‘ra, tadbir Osiyo taraqqiyot banki (OTB), Finlyandiya ta’lim vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan. Unda OTB tomonidan tanlab olingan, Finlyandiya bilan hamkorlikda amaliy natijalarga erishgan Filippin, Bangladesh, Nepal va Shri-Lanka bilan birgalikda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etmoqda.  

Davra suhbatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro reytinglar boshqarmasi boshlig‘i Laziz Xo‘jaqulov O‘zbekistonda ta’lim islohotlarining asosiy yo‘nalishlari, hamkorlik istiqbollari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.  

Shuningdek, davra suhbatida ishtirok etgan Finlyandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Ryaysyanen Finlyandiya tomonidan yurtimizda ta’lim islohotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida grant ajratilishini bildirdi.  

Ushbu grant o‘qituvchilarning malakasini oshirish, metodik xizmat va boshqaruv uchun yo‘naltirilishi rejalashtirilmoqda.  

O‘zA