Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlyandiya yadro qurolini joylashtirish niyatida emas
14:11 / 2024-02-19

Finlyandiya o‘z hududida yadro qurolini joylashtirish niyatida emas, dedi Bosh vazir Petteri Orpo Polshaning “Rzeczpospolita” gazetasiga bergan intervyusida.

“...shart emas, chunki NATOning o‘zi yadroviy to‘siqni ta’minlaydi”, dedi Orpo.

Uning ta’kidlashicha, boshqa mamlakatlarda allaqachon joylashtirilgan yadro quroli NATO xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli.

Avvalroq Polsha rasmiylari Yadroviy almashish dasturi doirasida Amerika yadro qurolini mamlakatga joylashtirish istagini bildirgan edi.

Finlyandiya va Shvetsiya 2022 yil may oyida Ukrainada yuz bergan voqealar ta’sirida Alyansga qo‘shilish uchun ariza topshirdi. Finlyandiya 2023 yil 4 aprelda NATOning 31-a’zosiga aylandi. Shvetsiyaning arizasi hali Vengriya tomonidan ma’qullanmadi.

– Yadro quroli tashkilotning bir qator mamlakatlarida joylashtirilgan va shu yetarli, – dedi Finlyandiya Bosh vaziri. – Biz NATOning yangi davlati sifatida zimmamizdagi vazifani bajarishga puxta tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz.