Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lsa AQSH bilan hamkorligi yanada kuchayadi
16:17 / 2022-06-17

Agar Finlyandiya va Shvetsiya NATOga a’zo bo‘lsa, Qo‘shma Shtatlar bu mamlakatlardagi harbiy kuchlar sonini ko‘paytirmaydi, dedi amerikalik general Kristofer Kavoli AQSH Senatidagi nutqida.

 Senat Qurolli kuchlar qo‘mitasida o‘z nomzodini qo‘yish bo‘yicha tinglovda Kavoli «Rossiyaning potensial tajovuzkorligi va Ukraina mojarosining har qanday oqibatlaridan» ko‘proq xavotirda bo‘lgan Sharqiy Yevropaga harbiy e’tibor kuchayishini qayd etdi. 

Kavolining ta’kidlashicha, AQSH allaqachon Finlyandiya va Shvetsiya bilan kuchli harbiy aloqalarga ega bo‘lib, ushbu davlatlar bilan harbiy mashg‘ulotlar va boshqa harbiy hamkorlik tadbirlarini ko‘payitirish imkoniyatiga ega.